четверг, 31 июля 2008 г.

Kamola Ermatova - Davlat mukofoti sovrindori



2004 yilda «Madaniyat» yo’nalishi bo’yicha «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Kamola Azizbekovna Ermatova – 1986 yil 24 martda Toshkent shahrida tavallud topgan.
2001 yil Sergeli tumani 277-umumta’lim maktabini, 2004 yil Toshkent Davlat Yuridik instituti qoshidagi akademik litseyni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
“Qizlar davrasi”, “O’zbegim o’g’lonlari” ko’rsatuvlarini boshlovchi sifatida olib bormoqda.
2005 yilda ko’rsatuv a’zolari jamlanib, O’zbekiston yoshlarining iste’dodlarini namoyish etish maqsadida “O’zbegim yoshlari” guruhi tashkil etildi. Bu tadbirda Kamola Ermatova boshlovchi hamda o’zining qo’shiqlari bilan ishtirok etdi.
2006 yil iyul oyida guruh a’zolari bilan Belgiya davlatining Sharlerua shahrida o’tkazilgan Xalqaro folklor qo’shiq va raqs festivali – “Marsel-2006” da ishtirok etib, Belgiya, Belorussiya, Bolgariya, Kipr, Peru, Ispaniya, Irlandiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar bilan nafaqat folklor san’atidan bahramand bo’lish, balki do’stona munosabatlar o’rnatdi.
Hozirgi kunda Kamola Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakulteti bitiruvchisi. Shuningdek, "Yoshlik" talabalar shaharchasi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshidagi “Nafosat qizlar” klubining rais o’rinbosari sifatida talabalarga qizlarni ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, ularni milliy va zamonaviylik ruhida tarbiyalash, ular o’rtasida milliy va diniy an’analarimizni, qadriyatlarimizni targ’ib qilish va jamiyatda o’z o’rinlarini topishda ko’mak bermoqda. Maqola O'zbekiston Xotin-Qizlari qo'mitasi websaytidan olingan.

«O'zbegim yoshlari» Sharlerua anjumanida


206 yil iyulda Belgiyaning Sharlerua shahrida «Marsinel» folklor raqslari xalqaro festivali bulib utdi. Unda Belarus, Belgiya, Ispaniya, Irlandiya, Peru, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan kelgan ijodiy guruhlar ishtirok etdi.
Ushbu anjumanda ilk bor mamlakatimiz vakillari, Oliy Harbiy Bojxona Instituti huzurida tashkil topgan yosh jamoa - «O'zbegim Yoshlari» folklor ansambli ham qatnashdi. Belgiya yosh san'atkorlar uchun ilk xorijiy sahna edi. Shunday bo'lsa-da ular nafaqat mazkur festivalda, balki stadionlarda, Valloniya hududidagi ikkinchi yirik shahar - Sharlerua madaniyat saroylarida bo'lib o'tgan konsertlar chog'ida o'z san'atlarini zo'r mahorat bilan namoyish etdilar.
«Marsinel» xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan O'zbekiston kunlari tadbirida Belgiyaning ishbilarmon va madaniy doiralari, mamlakatda akkreditasiyadan o'tgan diplomatiya missiyalari, shahar ma'muriyati vakillari hamda jurnalistlar hozir bo'ldilar. Sharlerua burgomistri o'rinbosari Bernar Van Dik ushbu voqea O'zbekistonning tarixi, iqtisodiyoti va madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun qulay imkoniyat yaratganini ta'kidladi. U, shuningdek, xalqaro anjumanda o'ziga xos va betakror chiqishlari bilan hammadan ajralib turgan o'zbek san'atkorlarining ijro mahoratiga yuqori baho berdi.
Sharlerua ma'muriyati rahbarining yana bir o'rinbosari Kristian Renar ham festivalda mamlakatimiz madaniy guruhining ishtiroki anjumanni bezab yuborganini, o'zbek musiqa va raqslari esa tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirganini ta'kidladi. San'atkorlarning ijod namunalari xalqlar o'rtasidagi tinchlikni va bir-birlarini to'g'ri tushunishni mustahkamlashga yaqindan ko'maklashadi, dedi u.
O'zbek madaniy guruhi har yili 21 iyul kuni nishonlanadigan Belgiya milliy bayrami – Qirol qasamyodi kunida ham ishtirok etdi. 175 yil burun xuddi shu kuni Belgiyaning birinchi monarxi Leopold I parlamentda konstitusiyaga sodiqlikka qasamyod qilgan edi.
«O'zbegim Yoshlari» Belgiya poytaxtidagi Odil sudlov saroyi ro'parasida joylashgan maydonda mazkur asosiy milliy bayram konsertini ochish sharafiga muyassar bo'ldi. Bu bryusselliklar va mehmonlar uchun tom ma'nodagi kutilmagan sovg'a bo'ldi.
Konsert nihoyasiga yetganidan so'ng karnay-surnay sadolari yangrab, shahar ahli va mehmonlar Rejens ko'chasida bo'ladigan o'zbekistonlik san'atkorlarning bayram paradiga taklif etildi. U yerda o'zbek xalq amaliy san'ati mahsulotlarining ko'rgazma- savdosi tashkil etilgan bo'lib, ularni xorijlik muxlislar diqqatiga mamlakatimizning turli burchaklaridan Bryusselga kelgan xalq ustalarining o'zlari namoyish etdi.
«O'zbegim Yoshlari»ning chiqishi Belgiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. «La Gazet», «Sharlerua», «Vlan Sharlerua» kabi gazetalarda yurtdoshlarimizga bag'ishlangan, chiroyli tarzda bezatilgan reportajlar chop etildi. Jumladan, «La Gazet» nashri muxbiri O'zbekiston vakillari xususida to'xtalib, «Sharleruadagi folklor bayramiga kelgan tomoshabinlar o'zbek raqqosalarining mahoratiga tan berdi», deb yozadi. Shu o'rinda aytish joizki, san'atkorlarimiz kelasi yil Ispaniyada o'tajak musiqa festivaliga ham taklif qilindi.
Jamshid Mutalov, «Jahon» AA, Bryussel, iyul, 2006.

Ensemble “Uzbegim Yoshlari”


The Ensemble “Uzbegim Yoshlari” was formed in 2004 under The Higher Military Customs Institute in order to develop traditional folklore and dance culture, as well support talented youth.
The name of Ensemble “Uzbegim Yoshlari” means “Youth of Uzbekistan”.
The participants of the Ensemble are talented students and pupils in age of 16-22.
The leader of Ensemble is Ludfiya Ruzibaeva who has got honorary title “Honoured culture worker”.
The Ensemble was participated in International Folklore Festival in Belgium 2006 and Harvest Festival in Malaysia 2007.
In the repertoire of Ensemble performances of Ensemble include traditional dancing, singing and playing on musical instruments where performers are put on traditional dresses which are sewed themselves.
The motives of the sings are love, friendship, peace and fair live.
Besides of participating in International Festivals, the Ensemble organizes concerts during The National Holidays.

O'zbegim Yoshlari - Ispaniya safariga tayyorgarlik


Shu kunlarda O'zbegim Yoshlari Ansambli Ispaniyada "O FOLKLORE DO MAR" nomi bilan bo'lib o'tadigan 15-Khalqaro Folklor Festivalida ishtirok etish uchun qizgin tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Festival 8-17 avgust kunlari  Ispaniyaning Moana shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur Festivalga Ansamblning khorijlik hamkori, The Folklor and Cultur Associatión MEIRAMAR-AXÓUXERES (Moaña, Galiza, Spain) uyushmasi rahbari, Eugenio Piñeiro Costa taklif etgan. Safar Davlat bojxona qo'mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa ko'pgina tashkilotlar homiyligida tashkil etilmoqda. Omadi chopgan Ansambl ishtirokchilari Tashqi ishlar vazirligi hamda O'zbekistonning Frantsiyadagi Elchixonasi ko'magida maftunkor Parijni ham ko'rib qaytishga muvaffaq bo'ladilar. Ansambl ishtirokchilariga omad tilaymiz.