четверг, 31 июля 2008 г.

Kamola Ermatova - Davlat mukofoti sovrindori



2004 yilda «Madaniyat» yo’nalishi bo’yicha «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Kamola Azizbekovna Ermatova – 1986 yil 24 martda Toshkent shahrida tavallud topgan.
2001 yil Sergeli tumani 277-umumta’lim maktabini, 2004 yil Toshkent Davlat Yuridik instituti qoshidagi akademik litseyni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
“Qizlar davrasi”, “O’zbegim o’g’lonlari” ko’rsatuvlarini boshlovchi sifatida olib bormoqda.
2005 yilda ko’rsatuv a’zolari jamlanib, O’zbekiston yoshlarining iste’dodlarini namoyish etish maqsadida “O’zbegim yoshlari” guruhi tashkil etildi. Bu tadbirda Kamola Ermatova boshlovchi hamda o’zining qo’shiqlari bilan ishtirok etdi.
2006 yil iyul oyida guruh a’zolari bilan Belgiya davlatining Sharlerua shahrida o’tkazilgan Xalqaro folklor qo’shiq va raqs festivali – “Marsel-2006” da ishtirok etib, Belgiya, Belorussiya, Bolgariya, Kipr, Peru, Ispaniya, Irlandiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar bilan nafaqat folklor san’atidan bahramand bo’lish, balki do’stona munosabatlar o’rnatdi.
Hozirgi kunda Kamola Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakulteti bitiruvchisi. Shuningdek, "Yoshlik" talabalar shaharchasi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshidagi “Nafosat qizlar” klubining rais o’rinbosari sifatida talabalarga qizlarni ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, ularni milliy va zamonaviylik ruhida tarbiyalash, ular o’rtasida milliy va diniy an’analarimizni, qadriyatlarimizni targ’ib qilish va jamiyatda o’z o’rinlarini topishda ko’mak bermoqda. Maqola O'zbekiston Xotin-Qizlari qo'mitasi websaytidan olingan.

2 комментария:

Ludfiya Ruzibaeva комментирует...

juda yahshi qiz

Анонимный комментирует...

qushilishaman, muborak bulsin